AsosiyJamiyat

O`zbekistonda piyoda yurganlar uchun to`lanadigan pul vaqtincha to`xtatilgani haqidagi rasmiy xabar asossiz bo`lib chiqdi

'O`zbekistonda piyoda yurganlar uchun to`lanadigan pul vaqtincha to`xtatilgani haqidagi rasmiy xabar asossiz bo`lib chiqdi'ning rasmi

Bugun Joriy yil 14 sentyabrdan boshlab “Sog`lom turmush tarzi” platformasi bo`yicha foydalanuvchilarga to`lovlar vaqtincha to`xtatilgani haqida Turizm va sport vazirligi xabar bergan edi. 

«Sog`lom turmush tarzi» platformasi to`xtalganiga oid xabarlar asossiz ekanligi yuzasidan vazirlikning o`zi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, Turizm va sport vazirligining sport yo`nalishidagi saytida 1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga pul to`lash VAQTINChA to`xtatilgani haqida asossiz xabar berilgan.

«Sog`lom turmush tarzi» platformasi 1hls.uz veb-sahifasi davlatimiz rahbarining «Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 6099-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining «Sog`lom turmush tarzi» platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 253-sonli qaroriga muvofiq yo`lga qo`yilgan.

Turizm va sport vazirligi axborot xizmati mazkur xabarni etkazishda xatolikka yo`l qo`ygani uchun uzr so`ragan holda, «Sog`lom turmush tarzi» platformasi ishlashda davom etishini ma`lum qildi. OAV vakillari va aholini chalg`ituvchi xabar bergan xodimga esa tegishli ogohlantirish berilganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar