Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida "jiguli" avtomobil haydovchisi yo`lni asfalt qilayotgan ishchini urib, uchirib yuborgani aytilgan video tarqaldi.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining xabariga ko`ra, ushbu holat joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 17:20 larda sodir bo`lgan. Haydovchi F.M. “VAZ-21011” rusumli avtomobilda Samarqand shahar hududidan o`tuvchi M-37A avtomobil yo`lining 42-kilometrida harakatlanib kelayotib, shu ko`chada ta`mirlash ishlarini olib borayotgan yo`l qurilish ishchisini urib yuborgan.
Natijada fuqaro I.G. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
️Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






