AsosiyJamiyat

Oqoltin tumanida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong`in sodir bo`ldi

'Oqoltin tumanida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 18 sentyabr kuni soat 16:08da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Ahillik” MFY Bunyodkor ko`chasida joylashgan xonadonlarda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan. 

Zudlik bilan 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:25da etib borib, yong`in soat 16:28da o`rab olingan va soat 17:15 da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarning tahminan 190 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar