AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonga salqin havo oqimi kirib keladi

'Bugun O`zbekistonga salqin havo oqimi kirib keladi'ning rasmi

Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

 Gidrometorologiya xizmati bu haqda ma`lumot berdi. Unga ko`ra bugun 19 sentyabrda kunduz kuni respublika hududiga Volga bo`yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi, shimolda 22-27°gacha pasayadi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° gacha biroz pasayishi kutilmoqda.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° atrofida saqlanib turadi.

    Boshqa yangiliklar