AsosiyJamiyat

Samarqandda giyohvand modda savdogarlari ushlandi

'Samarqandda giyohvand modda savdogarlari ushlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahar Xo`jasoat MFY hududida tezkor tadbir o`tkazilib, 1955-y.t. A.T., B.B. ismli shaxsga 6 dona sellofan bo`lagiga qadoqlangan, “opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, A.T.ning yoni ko`zdan kechirilganida cho`ntagidan qog`ozga qadoqlangan “marixuana” giyohvandlik vositasi va 1 dona “Regapen” psixotrop vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu shaxs “opiy” giyohvandlik vositasini tanishi T.Sh. dan olganligi aniqlanib, ushbu shaxsning avtomashinasi Samarqand shahri hududida to`xtatilib tekshirilganida, avtomashinaning old o`rindiqlari tagidan tadbirda ishlatilgan pullar borligi aniqlandi va hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar