AsosiyJamiyat

Andijonda 6ta avtomobil YTHga uchradi. Halok bo`lganlar bor...

'Andijonda 6ta avtomobil YTHga uchradi. Halok bo`lganlar bor...'ning rasmi

Andijonda 6ta avtomobil YTHga uchradi.

 Bu haqda YHXBB xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 18:05 larda Andijon viloyati, Oltinko`l tumani, Ko`makay M.F.Y hududidan o`tuvchi 4R130 avtomobil yo`lining 6-kilometrida:

1) Haydovchi 1989 yilda tug`ilgan G`.A. boshqaruvidagi “Dongfeng” yuk avtomobili;

2) Haydovchi 1992 yilda tug`ilgan B.Yu. boshqaruvidagi “Damas”;

3) Haydovchi 1973 yilda tug`ilgan Sh.M. boshqaruvidagi “Damas”;

4) Haydovchi 1958 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi “Neksiya”;

5) Haydovchi 1958 yilda tug`ilgan M.J. boshqaruvidagi “Matiz”;

6) Haydovchi 2000 yilda tug`ilgan X.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.

Natijada, “Damas” avtomobili yo`lovchisi bo`lgan fuqaro M.F. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oltinko`l tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilib, yo`llarda ehtiyotkor bo`lib harakatlanishlarini so`raymiz", deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar