Namanganda odam o`limi bilan bog`liq yana bir YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 17 sentyabrʼ kuni soat 02:30 larda, Toshkent-O`sh yo`lining 286 km.da, Pop tumani Sohibkor MFY hududida, Farg`ona viloyatida yashagan, 1988 yilda tug`ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini ikkinchi darajali yo`lda boshqarib borayotib, yo`lni chorraha qismida asosiy yo`lga chiqayotib, asosiy yo`lda harakatlanib kelayotgan, Farg`ona viloyatida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaroni boshqaruvidagi HOVO rusumli yuk avtomashinasini o`tkazib yubormasdan harakatlanganligi oqibatida to`qnashuv sodir etgan.
Natijada, Lasetti rusumli avtomashina haydovchisi olgan og`ir tan jarohati oqibatida shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida yo`lda vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 sentyabrʼ kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






