Ko`p sonli abiturientlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021-yil 25-sentabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga https://kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirilmoqda.
Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro`yxatdan o`tiladi:
- Elektron ariza to`ldiriladi;
- Umumta`lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasasini tamomlaganligi to`g`risidagi diplom nusxasi yuklanadi;
- Pasport ma`lumotlar kiritiladi.
Izoh: Yuridik texnikumlar bundan mustasno.
Ma`lumot o`rnida, Prezidentning PQ-5241-son qarori bilan 2021/2022-o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum faoliyati yo`lga qo`yildi.






