AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi temir yo`llarda 2021 yilning 8 oyida qancha baxtsiz hodisa yuz bergani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistondagi temir yo`llarda 2021 yilning 8 oyida qancha  baxtsiz hodisa yuz bergani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

IIVning "Postda" nashrining ma`lum qilishicha, O`zbekistondagi temir yo`llarda 2021 yilning yanvar—avgust oylarida 30 ta baxtsiz hodisa ro`y bergan.

Xususan, shunday holatlarning biri Angrenda yuz bergan. Ohangaronlik 34 yoshli fuqaro «Aqcha» va «Obliq» bekatlarining 91-kilometrida Toshkent—Angren yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotgan yo`lovchi poezdi urib ketishi oqibatida halok bo`lgan. Voqea kechki payt soat 19:15 larda yuz bergan.

Qashqadaryoning Qamashi tumanida 30 yoshli kishi ehtiyotsizlik oqibatida shunday baxtsiz hodisa qurboni bo`lgan. Uni «Nazarbek» va «Keles» bekatlari oralig`idagi 3359-kilometrida Andijon—Qo`qon—Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan elektropoezd urib ketgan.

Shuningdek, ko`rilayotgan vaqt davomida vagonlar derazalari sindirilishi bo`yicha 11 ta holat, temir yo`lga yot jismni qo`yish bilan bog`liq 4 ta holat qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar