2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Uchtepatumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan “Zarafshon” ko`chasida joylashgan yuqori bosim gaz taqsimlash punkitini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 - yil 20 - sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Ko`ksaroy”, “O`rikzor”, “Zarafshon” mahalla hududidagi 2700 ta erli xonadonlar hamda ushbu manzildagi ulgurji iste`molchilari va "Toshkent xalqa avtomobil yo`li", Nazarbek ko`chasidan “Bo`zsuv” kanaligacha bo`lgan manzildagi ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi" deyiladi xabarda.






