AsosiyJamiyat

O`zbekiston va "Valday" xalqaro klubi ekspertlari O`zbekiston-Rossiya munosabatlarining rivojlanish istiqbollarini ko`rib chiqmoqda

'O`zbekiston va "Valday" xalqaro klubi ekspertlari O`zbekiston-Rossiya munosabatlarining rivojlanish istiqbollarini ko`rib chiqmoqda'ning rasmi

Bugun 20 sentyabrda Toshkentda “Rossiya va O`zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferensiyasi boshlandi.

Forum O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamda "Valday" xalqaro munozara klubi tomonidan tashkil etilgan.
Ma`lum bo`lishicha, O`zbekiston poytaxtidagi anjumanda ishtirok etish uchun ikki tomonlama munosabatlar bo`yicha etakchi xalqaro mutaxassislar, "Valday" xalqaro munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi nufuzli ekspertlari yig`ilgan.

Uchta sessiyadan iborat konferensiya davomida ishtirokchilar siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniy-gumanitar sohalarda O`zbekiston-Rossiya hamkorligining holati va istiqbollari to`g`risida fikr almashadi.

O`zbekistondagi islohotlar bilan tanishadi, ularning Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishiga ta`sirini muhokama qiladi, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka doir xavf va tahdidlarni baholashadi, bu sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlik yo`nalishlarini belgilaydi. Markaziy Evrosiyoda xalqaro savdo va integrasiyani rivojlantirish masalalarini ko`rib chiqadi, shuningdek, O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish uchun istiqbolli o`sish nuqtalari va harakatlantiruvchi omillar bo`yicha ekspert qarashlarni ishlab chiqadi.

Boshqa yangiliklar