Bugun ertalab mamlakatimizga janubiy Ural hududlaridan salqin havo kirib keldi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, quruq, ammo salqin havo massasining kirib kirishi harorat fonining iqlimiy ma`yorlargacha pasayishida aks etdi. Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida harorat 26-29° ni, shimolda 22-25° ni, respublika janubida 32-35° ni tashkil etadi. Respublikaning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Haftaning katta qismida respublika bo`yicha asosan shunday quruq va salqin ob-havo hukumronlik qiladi. Havo harorati kechalari 10-15°, kunduz kunlari 26-31° atrofida bo`ladi. Bunday ob-havo O`zbekiston bo`yicha sentyabr oyi oxiri uchun xosdir.
Hafta oxiriga kelib, antisiklon periferiyasi Qozog`iston hududiga chekina boshlaydi. Havo harorati yana ko`tariladi va hafta oxiriga 32-35° ni tashkil etadi.
24 sentyabr kuni respublika shimolida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.






