AsosiyJamiyat

Prezident matbuot kotibi ishtirokidagi haftalik brifinglar vaqtincha to`xtatildi

'Prezident matbuot kotibi ishtirokidagi haftalik brifinglar vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha saylovoldi kampaniyasi faol pallaga kirayotgani munosabati bilan Prezident matbuot kotibi tomonidan o`tkazib kelinayotgan haftalik brifinglar vaqtincha to`xtatib turiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanalida ma`lum qilindi. 

"Davlatimiz rahbari ishtirokidagi joriy haftaga rejalashtirilgan tadbirlar to`g`risida ma`lumot ushbu kanalda va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimda berib boriladi",–deyiladi xabarda. 

Xususan, bugun Prezident huzurida qator ob`ektlar qurilishiga bag`ishlangan taqdimot bo`lib o`tadi. Yangi onkologiya markazi, Milliy kutubxona va "Yangi O`zbekiston" universiteti binolari loyihalari shular jumlasidan.

Ertaga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va sessiyaning birinchi kunidayoq yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda nutq so`zlaydi.

Boshqa yangiliklar