AsosiyJamiyat

Toshkentda sigaret sotuvchi ikki ayol kuchli ta`sir qiluvchi dorilar sotishda gumonlanib, qo`lga olindi

'Toshkentda sigaret sotuvchi ikki ayol kuchli ta`sir qiluvchi dorilar sotishda gumonlanib, qo`lga olindi'ning rasmi

17-sentyabr kuni profilaktik tadbirlar davomida Bektemir tumani jinoyat qidiruv bo`limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari “Kompas” savdo majmuasi yaqinida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullangan va kuchli ta`sir qiluvchi moddalar savdosida gumonlanuvchi ikki nafar ayolni qo`lga olishgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Tekshiruv natijasida 38 yoshli Xosiyat U. va 26 yoshli Shaxnoza X.lardan 41 flakon “Tropikamid”, 35 kapsula “Selofen”, 90 kapsula “Regapen”, 69 kapsula “Lirika” topildi.

Mazkur fakt bo`yicha ayni vaqtda tergov oldi tekshiruvlari o`tkazilmoqda.

Jinoyat qidiruv bo`limi xodimlari tufayli kuchli ta`sir qiluvchi moddalar savdosining oldi olindi.

    Boshqa yangiliklar