Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Forish tumanida sodir bo`lgan to`qnashuv yuzasidan YHXBB quyidagini ma`lum qildi.
Joriy yilning 17 sentyabr kuni soat 02:10 larda Jizzax viloyati, Forish tumani hududidan o`tgan 4R-36 "Jizzax-Qizilcha" avtomobil yo`lida haydovchi R.X. "Cobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotib kutilmaganda yo`liga chiqqan piyodani urib yubormaslik maqsadida rulni keskin burgan va boshqaruvni yo`qotib, o`ng tomonda to`xtab turgan "Nexia" va "Cobalt" rusumli avtomobillarga to`qnashgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Transport vositalariga texnik shikast etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Forish tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






