AsosiyJamiyat

Poytaxtda "Nexia-3" katta tezlikda yoritish chirog`i ustuniga borib urildi. Ustun "Captiva" ustiga quladi (video)

'Poytaxtda "Nexia-3" katta tezlikda yoritish chirog`i ustuniga borib urildi. Ustun "Captiva" ustiga quladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda poytaxtda "Nexia-3" ishtirokida sodir bo`lgan YTH videosi tarqalmoqda.

Holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 20 sentyabr kuni soat 21:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqumiy ko`chasida haydovchi, 2000 yilda tug`ilgan S.S.  "Nexia-3" rusumli avtomobilda harakatlanayotib  Arnasoy ko`chasi bilan kesishgan chorrahaga etgan vaqtida boshqaruvni yo`qotgan va qarama-qarshi oqimni ajratuvchi bo`lakda o`rnatilgan yoritish chirog`i ustuniga urilgan. Zarb oqibatida ustun ag`darilib, ushbu yo`lda bo`lgan haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan M.M. boshqaruvidagi "Captiva" rusumli avtomobilning tom qismiga tushgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Transport vositalariga texnik shikast etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, hodisa sodir bo`lishi sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

    Boshqa yangiliklar