Davlat veterinariya xizmati IIB Karantin bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta`minlash bo`yicha reyd tadbirlari o`tkazildi.
Tadbir doirasida Qashqadaryodagi “Umakay” yo`l patrul xizmati maskanida Qashqadaryo-Toshkent yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to`xtatib tekshirildi.
Tekshiruvlar davomida avtomashina yukxonasida kelib chiqishi noma`lum bo`lgan iste`molga yaroqsiz 200 kg go`sht mahsulotlari olib ketilayotganligi ma`lum bo`ldi.






