AsosiyJamiyat

Toshkentda birorta burchakka ega bo`lmagan bog`cha quriladi

'Toshkentda birorta burchakka ega bo`lmagan bog`cha quriladi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yangi Choshtepa mahallasida birorta burchakka ega bo`lmagan maktabgacha ta`lim tashkiloti quriladi.

Maktabgacha ta`lim vazirligi xabariga ko`ra, 480 o`rinli va noodatiy ko`rinishga ega bo`lgan bino yaqin fursatda Toshkent shahar Yangihayot tumani «Yangi Choshtepa» mahalla fuqarolar yig`inida qad ko`taradi.

«E`tiborli tarafi, loyihaga ko`ra birorta ham burchakka ega bo`lmagan bino va uning xonalari shunday tuzilganki, bolajonlarning bir mashg`ulotdan boshqasiga o`tish uchun bino bo`ylab harakatlanishlari, yorug`likning to`g`ri taqsimlanishi, xonalar intereri bir-birini takrorlamasligi — hammasi odamni hayron qoldira oladigan darajada bo`ladi va chet tillarini o`rgatishga ixtisoslashadi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Bog`cha 2022 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar