Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, qishloq xo`jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 173 dona traktor ishlab chiqarilgan.
Traktor ishlab chiqarish o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga kamaygan.
Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar-avgust oylarida):
- 2019 yil - 983 dona
- 2020 yil - 630 dona
- 2021 yil - 173 dona
Eslatib o`tamiz, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida qishloq xo`jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida jami 383 dona kultivator ishlab chiqarilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 43,1 % ga kamaygan.






