2021 yil 1 oktyabrdan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 16 ta nazorat funksiyalari bekor qilinadi. Bu haqda AOKAda “Tadbirkorlik sub`ektlari uchun ma`muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni ijrosi bo`yicha o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
“Tadbirkorlik sub`ektlari uchun ma`muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni bilan 2022 yil 1 aprelgacha tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog`liq katta hajmdagi ma`lumotlarni yig`ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushirilishi belgilab berildi.
Savdo-sanoat palatasi a`zosi bo`lgan tadbirkorlik sub`ektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik sub`ekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etishi orqali jamoatchilik nazorati yo`lga qo`yilmoqda.
Tekshirishlarni ro`yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil tomonidan yuritilishi belgilandi.






