Yuk mashinalari ishtirokidagi YTHda yana bir fuqaro vafot etdi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.
Ma`lum qilinisho`icha, joriy yilning 20 sentyabr kuni tungi soat 24:20 da Paxtakor tumani hududidan o`tuvchi Toshkent-Termiz M-39 yo`lining 956 kilometrida avtohalokat sodir bo`ldi. 25 yoshli fuqaro “ISUZU” rusumli yuk avtoulovini Termiz yo`nalishi bo`ylab boshqarib kelayotib yo`lning qarama- qarshi tomonidan burilib olayotgan “Kamaz” avtouloviga zarb bilan urilgan.
Buning oqibatida “ISUZU” rusumli yuk avtoulovi haydovchisi tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






