AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Yil ayoli” milliy tanlovi e`lon qilindi. Shartlari...

'O`zbekistonda “Yil ayoli” milliy tanlovi e`lon qilindi. Shartlari...'ning rasmi

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg`armasi mulkchilik shaklidan qat`iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovini e ` l o n  q i l a d i!

Tanlov orqali mamlakatimiz rivojiga ulkan hissasini qo`shib kelayotgan, yuksak ma`naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o`zi faoliyat ko`rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo`lgan xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, ularni jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg`or ish tajribasini ommalashtirish;

professional salohiyatini, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik sifatlari va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsad qilingan.

Tanlov 3 bosqichda o`tkaziladi:

1-bosqich – tuman va shaharlarda 10 oktyabrgacha;

2-bosqich (hududiy bosqich)– Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 10 noyabrgacha;

3-bosqich respublika bosqichi 2021 yil boshlab har yili dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda o`tkaziladi.

Tanlovda 25 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan, O`zbekiston Respublikasida o`z yo`nalishi bo`yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug`ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

1-shart – “O`zini tanishtirish”.

2-shart – “Savol va javob”.

3-shart –“O`zbek ayoli” mavzusida ishtirokchining 3 daqiqali videoroligi.

Tanlovda eng ko`p umumiy ball to`plagan ishtirokchilar orasidan tuman (shahar)da 1 tadan o`rin, viloyatda 1-, 2-, 3-o`rin aniqlanadi.

Respublika bosqichida 1-, 2-, 3-o`rin sovrindorlari va “Yilning eng ilg`or tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi” kabi 10 ta nominasiya bo`yicha g`oliblar aniqlanadi.

Tanlov talabgorlari Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining tuman va shaharlar hududiy bo`limlariga murojaat etishlari mumkin.

Ma`lumot uchun telefon: 71-238-29-95.

    Boshqa yangiliklar