Ma`lum qilinishicha, videoroliklar tanlovi o`tkazishdan maqsad aholining elektoral madaniyatini oshirishdan iborat.
Tanlov quyidagi nominasiyalar bo`yicha o`tkaziladi:
- Eng yaxshi informasion rolik;
- Eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik;
- Eng yaxshi animasion rolik;
- Muxlislar e`tirofi (ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Instagram orqali eng ko`p layk to`plagan media mahsulotlar).
Tanlov sharti:
1. Videoroliklarni Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi o`z sahifangiz orqali #Saylov2021_tanlov #Elections2021_tanlov xeshteglar ostida e`lon qilish;
2. Videoroliklarni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazining http://t.me/MSKtanlovbot Telegram-botiga yuborishingiz zarur.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan shartlarni bajarmagan videoroliklar tanlovda ishtirok etmaydi!
Shuningdek, disk va boshqa axborot tashuvchi moslamalarga yozilgan videoroliklar – Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi (Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko`chasi, 16-uy, “Ma`rifat markazi” (Simpoziumlar saroyi binosi) manzilida qabul qilib olinadi.
“Saylov – 2021” videoroliklar tanlovi g`oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Demak, har bir nominasiya bo`yicha g`olib va sovrindorlarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:
1-o`rin uchun – 20 mln so`m;
2-o`rin uchun – 15 mln so`m;
3-o`rin uchun – 10 mln so`m






