Bu haqda Shavkat Mirziyoev bugungi Qoraqalpog`istonga safari chog`ida taklif kiritdi. Mahallalardagi hokim yordamchilari tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga o`qitish, tomorqa, bo`sh er va binolardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Bu orqali yangi ish o`rinlari yaratish, jon boshiga daromadni oshirish va kambag`allikni qisqartirishga mas`ul bo`ladi.
" – Mahallaning dardini bilgan hokim, vazir eng yaxshi rahbar bo`ladi. Mahalla kim- xalq!
Hokim yordamchilari qo`lida o`zining byudjeti bo`ladi, mahallaga biriktirilgan soliq, bank, yo`l va boshqa idoralar xodimlari bilan birga ishlaydi.
Hokim yordamchilari soliq, bank, iqtisodiyot, investisiya, moliya idoralari, hokimiyatda ishlaydigan bilimli va fidoyi yoshlar orasidan tanlanadi.
Ular yangi tizim bo`yicha ishlashga o`qitiladi va ishining natijasiga qarab yaxshi oylik to`lanadi. 2-3 yil mahallada ishlab, yaxshi natija ko`rsatgan hokim yordamchilarini, kelgusida hokim va vazir lavozimlariga qo`yiladi", – dedi Shavkat Mirziyoev.






