AOKAda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ boshqarma boshlig`i Rahimjon Saidov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Unda temir yo`llar o`tgan hudud atrofida yashaydigan aholi uchun o`tkazilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlari yuzasidan ma`lumot berildi.
Bugungi kunda Toshkent – Samarqand – Buxoro va Toshkent – Samarqand – Qarshi – Kitob temir yo`l yo`nalishlarida jami 253 dona qo`riqlash posti mavjud.
Poezdlar harakat xavfsizligini va fuqarolarni hayotiga xavf solishi mumkin bo`lgan omillarni oldini olish va nazorat qilish maqsadida 24 soatlik qo`riqlash xizmati tashkil etilgan;
2021 yilning 8 oy mobaynida 565 nafar fuqaro temir yo`l qoidalariga rioya etmagani uchun 16 million 871 ming 275 so`mlik ma`muriy javobgarlikga tortilgan.






