"El-yurt umidi" jamg`armasi axborot xizmati ma`lum qilishicha, Tashqi ishlar vazirligida “Vatandoshlar” jamoat fondi Ta`sis yig`ilishining qaroriga ko`ra Sattarov Odiljon Berdimuratovich «Vatandoshlar» jamoat fondi Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Odiljon Sattarov “El-yurt umidi” jamg`armasi ijrochi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi PQ-5220-son Qarori bilan “Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etilgan.






