“Mirai Recruitment agency xususiy bandlik agentligi” MChJga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2019 yil 6 martda berilgan 0034-sonli lisenziyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 94-sonli, shuningdek, “Reiwa xususiy bandlik agentligi" MChJga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2019 yil 18 yanvarda berilgan 0022-sonli lisenziyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 21 sentabrdagi 93-sonli qarorlariga asosan qayta tiklandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 21 sentabrdagi 89-sonli qaroriga asosan “Bek jobs xususiy bandlik agentligi" MChJning nomi “Reiwa xususiy bandlik agentligi" MChJga o`zgartirildi.






