AsosiyJamiyat

Qozog`iston bir guruh o`zbekistonliklarning maoshlarini ololmayotgani bo`yicha munosabat bildirildi

'Qozog`iston bir guruh o`zbekistonliklarning maoshlarini ololmayotgani bo`yicha munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`iston Respublikasining Olmaota shahridagi qurilish ob`ektlaridan biriga ishlash uchun borgan bir guruh o`zbekistonlik mehnat migrantlarining va`da qilingan oylik maoshlari berilmayotgani haqida murojaati tarqaldi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi holatni o`rgandi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur fuqarolar 2021 yilning may-iyun oylarida “Mutqin Amal Construction” qurilish kompaniyasi taklifi bilan Qozog`iston Respublikasining Olmaota shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan.

Bugungi kunga qadar Olmaota shahri Naurzbay tumanidagi qurilish ob`ektlarida (President's Park) mehnat qilgan. Kompaniya vakillari bilan suhbat o`tkazilganda, ushbu fuqarolardan 40 nafari sentyabr oyida 12-15 kunlik ish haqidan tashqari ish haqini olib, O`zbekistonga qaytib kelgan.

Qolgan 18 nafari o`z xohishiga ko`ra, mehnat faoliyatini davom ettirish uchun kompaniya ixtiyorida qolgan va ularning ish haqi to`liq berilgan.

Ayni paytda mazkur kompaniyada 200 dan ortiq O`zbekiston fuqarolari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar