AsosiyJamiyat

Toshkentda «Tungi velosayr» festivali o`tkaziladi

'Toshkentda «Tungi velosayr» festivali o`tkaziladi'ning rasmi

Shahar hokimligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan poytaxtimizda "Tungi velosayr" festivali o`tkaziladi.

Sayr 22 sentyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi Mahtumquli va Mirzo Ulug`bek ko`chalari kesishmasidan boshlanib, "Yangi O`zbekiston" bog`igacha davom etadi.

 Velosayr paytida avtomobillar qatnovi to`liq to`xtatilmaydi.

Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari – professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.kin.

    Boshqa yangiliklar