Xalqaro shaxmat federasiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov AQSh hukumati bilan sudlashib, 50 million dollar undirib olmoqchi.Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Ilyumjinovga nisbatan 2015 yilning 25 noyabr kuni AQSh hukumati tomonidan sanksiya e`lon qilingan edi. AQSh moliya vazirligi press-relizida unga nisbatan sanksiya e`lon qilinishi xalqaro shaxmat federasiyasi rahbarining Suriya hukumati va Suriya markaziy bankiga moddiy yordam berganligi bilan izohlanmoqda.
“O`z sha`nim, rahbarlik qadr-qimmatim himoyasini 50 million dollar deya baholadim. 23 fevral kuni AQSh oliy sudi mening ishimni 5700 raqam bilan ro`yxatdan o`tkazdi va men shu vaqtdan e`tiboran huquqiy-yuridik munosabatlarga kirishdim”,—deydi Ilyumjinov.
Uning so`zlariga ko`ra, sudda Ilyumjinovning manfaatlarini Bill Klintonning Monika Levinskiga aloqador ishida ishtirok etgan advokatlar guruhi himoya qiladi.
AQSh oliy sudining qarori may oyida chiqishi ko`zda tutilgan.