Qoraqalpog`istonning Mo`ynoq tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so`mdan bir martalik yordam puli berilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yig`inlarida sayyor kassalar orqali, «Xalq banki»ning Mo`ynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.
"Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko`p jabr ko`rgan Mo`ynoq xalqini har tomonlama qo`llab-quvvatlash prezidentimizning e`tiborida", - deyiladi xabarda.






