AsosiyJamiyat

Xalqaro avtomobilsiz kun: xalq ta`limi vaziri bugun ishga 8,5 kilometr piyoda yo`l bosib keldi

'Xalqaro avtomobilsiz kun: xalq ta`limi vaziri bugun ishga 8,5 kilometr piyoda yo`l bosib keldi'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov bugun Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan qariyb 8,5 kilometr yo`lni piyoda bosib o`tdi va avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechib, yurtdoshlarimizga shaxsiy namuna ko`rsatdi. 

 Vazir piyoda bosib o`tgan yo`lini o`zining feysbuk sahifasida onlayn translyasiya qilib bordi.

Eslatib o`tamiz, bugun, 22 sentyabr - Xalqaro avtomobilsiz kunni joriy yilda O`zbekistonda ham nishonlash bo`yicha e`lon qilingan tashabbusni qo`llab-quvvatlash maqsadida bugun mamlakatimizda barcha rahbarlar va xodimlarning shaxsiy namuna sifatida xizmat va shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan holda ish joyiga piyoda va velosipedda kelish hamda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish tavsiya etilgan edi.  

Kuni kecha, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlari, taniqli madaniyat va sport vakillarini shaxsiy namuna ko`rsatib, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlagan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar