Bugun, 22 sentyabr kuni soat 12:58 da Toshkent shahar Olmazor tumani Farobiy ko`chasi 418-uyda joylashgan 2 qavatli Milliy taomlar oshxonasiga mo`ljallangan binoda yong`in sodir bo`ldi.
Yong`in tafsilotlari haqida poytaxt FVB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, 4 ta yong`in-o`chirish ekipajlari soat 13:01 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 13:22 da qurshab olingan va soat 13:34 da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida binoning 150 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida binoning 300 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi aniqlanmoqda.






