AsosiyJamiyat

Urganchda "Ginnes" kitobiga kirishi kutilayotgan monument quriladi

'Urganchda "Ginnes" kitobiga kirishi kutilayotgan monument quriladi'ning rasmi

Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoev hozirgina Urganch shahrida qurilayotgan "Jaloliddin Manguberdi" yodgorlik majmuasining qurilish jarayoni bilan tanishdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Maydon markazidan so`nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining haykali o`rin oladi. Bronzadan ishlangan monument Rossiyaning Jukovskiy shahri haykaltaroshlari tomonidan quyib ishlangan.

Ushbu yodgorlik bronzadan yasalgan eng katta ot haykal sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi kutilyapti - balandligi 25 metr atrofida.

Eng katta ot haykal esa Mo`g`ulistonda Chingizxon monumenti bilan birga o`rnatilgan - balandligi 50 metr. Ammo u bronzadan yasalmagan.

"Haykal o‘z yo‘liga. U yerda maktab haykali bo‘lishi kerak. Bu buyuk g‘urur, iftixor! Biz, avvalambor, xalqimizga buyuk xalq, davlat ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak. Hozir butun dunyoda kurash ketyapti. Biz birlashishimiz kerak!" - degan prezident.

    Boshqa yangiliklar