AsosiyJamiyat

Xorazmda ham 1-4 cinf o`quvchilariga bepul tushlik berish joriy etiladi

'Xorazmda ham 1-4 cinf o`quvchilariga bepul tushlik berish joriy etiladi'ning rasmi

Kecha Qoraqalpog`istonda shu yoshdagi o`quvchilar bepul tushlik bilan ta`minlanishini yozgan edik.  "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar qilishicha, Prezident Xorazm viloyatda ham bu tizim joriy qilinishini aytgan.

Davlat rahbarining ta`kidlashicha, oliy ta`lim yo`nalishida ham Xorazm viloyatini quyidagi o`zgarishlar kutyapti:

  • Oliy ta`limga qabul kvotalari 2,4 barobarga oshirilib, qamrov darajasi 52 foizga etkaziladi.  Buning uchun, texnika, qishloq xo`jaligi, turizm sohalari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan 3 ta oliygoh tashkil etiladi.

 

  • Urganch davlat universiteti qoshida Muhammad Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg`armasini tashkil etiladi. Markaz matematika bo`yicha iqtidorli yoshlarni tanlab olish va ilmga yo`naltirish, ularning o`z salohiyatini namoyon qilishiga ko`mak berish bilan shug`ullanadi.  

 

  •  Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali uchun qo`shimcha 1 ming o`rinli yangi o`quv binosi quriladi.

 

  • O`zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasining Urganch filiali va uning qoshida Urganch boshlang`ich raqs san`ati maktab-internati tashkil etiladi.

 

  •  Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil oliygohga aylantiriladi.

    Boshqa yangiliklar