AsosiyJamiyat

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Belarus qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi

'Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Belarus qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi'ning rasmi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Bahrom Norqobilov Belarus Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari – Veterinariya va oziq ovqat departamenti direktori Ivan Smilgin bilan uchrashdi. Bu haqda qo`mita Axborot xizmati xabar bermoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasida tashkil etilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.  

Xususan, ikki davlat o`rtasida nazorat ostidagi tovarlar eksport, import va tranzit ko`rsatkichlari tobora oshib borayotganligi qayd etildi. Belarus tomoni vakillariga mamlakatimizda veterinariya sohasiga qaratilayotgan e`tibor, soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida ma`lumot berildi.  

Jumladan, yurtimizda veterinariya qonunchiligiga kiritilayotgan o`zgartirishlar va nazorat ostidagi tovarlarni import qilishga doir yangi qonun va meyo`riy hujjatlar borasida alohida to`xtalib o`tildi.  

Muloqot so`ngida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

    Boshqa yangiliklar