AsosiyDunyo

Rossiyada 3 hudkush terrorchi o`zini portlatib yubordi

Rossiyaning Stavropol o`lkasi Novoselisk tumani Ichki ishlar bo`limi binosi yaqinida uch nafar hudkush terrorchi o`zini portlatib yubordi. Ular voqea joyida halok bo`lgan. To`rtinchi terrorchi polisiya tomonidan yo`q qilingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.  

“Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, uch nafar terrorchi Ichki ishlar bo`limi binosi yaqinida o`zini portlatib yuborgan. Hammasi bo`lib besh marta portlash sodir bo`ldi”,—deyiladi xabarda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash oqibatida polisiyachilar va tinch aholi vakillaridan hech kim jabrlanmagan.

Boshqa yangiliklar