AsosiyJamiyat

Olimjon O`sarov Toshkent shahar hokimidan xafa ekanini ma`lum qildi

'Olimjon O`sarov Toshkent shahar hokimidan xafa ekanini ma`lum qildi'ning rasmi

Ayni paytda milliy matbuot markazida O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan "O`zbekistonda jurnalistlarning huquqiy himoyasi: muammo va echimlar" mavzuida davra suhbati o`tkazilmoqda.

Tadbirda jurnalist  dahlsizligini ta`minlashning zaruriyati, ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish chog`ida bo`layotgan bosim va tazyiqlar borasida suhbat olib borildi va savollarga javob beriladi.

Shuningdek, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov jurnalistlarga, xususan Jurnalistlar ijodiy uyushmasi uchun hamon alohida bino va sharoit qilib berilmayotganligi haqida gapirdi. 

"Toshkent shahar hokimidan xafaman. Shahar hokimi hanuzgacha O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi uchun  joy ajratmadi. Biz hanuzgacha ijarada o`tirib ishlayapmiz. Jurnalistlardan iltimos, uyushma muammosini ham yoritishda yordam bering. Davlatimiz rahbarining qarori ijrosi ta`minlanishida sizning ham ko`magingiz zarur", - deya muammo umumiy ekanini ta`kidladi uyushma raisi.

Tadbir davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar