AsosiyJamiyat

5 oktyabrdan boshlab Moskvadan O`zbekiston shaharlariga aviareyslar soni oshirilmoqda

'5 oktyabrdan boshlab Moskvadan O`zbekiston shaharlariga aviareyslar soni oshirilmoqda'ning rasmi

Joriy yil 5 oktyabrdan boshlab Moskvadan O`zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda ko`paytiriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migarsiyasi agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xususan, quyidagi yo`nalishlar bo`yicha reyslar yo`lga qo`yiladi:  

Moskva - Toshkent (haftasiga 4 tagacha reys);

Moskva - Buxoro (haftasiga 2 ta reys);

Moskva - Samarqand (haftasiga 2 ta reys);

Moskva - Urganch (haftasiga 1 ta reys);

Moskva - Namangan (haftasiga 1 ta reys);

Moskva - Farg`ona (haftasiga 1 ta reys);

Moskva - Andijon (haftasiga 1 ta reys);

Moskva - Termiz (haftasiga 1 ta reys).

Ushbu yo`nalishlar bo`yicha parvozlardan oldin chet davlatlar fuqarolari bo`lgan yo`lovchilarga koronavirusdan himoyalanish uchun emlanish tavsiya qilingan.

Shuningdek, yaqinda mehnat migrantlari uchun O`zbekistondan Rossiyaga poezdlar tashkillashtirish rejalashtirilayotgani ma`lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar