AsosiyDunyo
4171

Olimlar: Oilali bemorlar saratonni tezroq engadi

AQShning San-Diego shahridagi Kaliforniya universiteti olimlarinining fikricha, saratonga chalingan bemor oila qurgan bo`lsa, uning og`ir dardni engish imkoni ko`proq bo`ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Olimlar Kaliforniya shtatida saratonga chalingan bemor siftaida ro`yxatdan o`tgan insonlar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. Unda saratonning 10 turidan biri bilan kasallangan 800 mingdan ortiq kishi ustida tekshiruvlar o`tkazildi. Bemorlarning barchasiga 2000-2009 yillarda qo`rqinchli tashxis qo`yilgan edi. Olimlar bemorlarning 2012 yilgacha bo`lgan taqdirini kuzatuv ostiga oldi. 

“Saratonni engishda gap pulda emas, balki bemorning ijtimoiy qo`llab-quvvatlanishi ya`ni yaqinlarining ruhan ko`mak berishida”,—deyiladi olimlarning hisobotida.

Tadqiqot natijalari nikohdagi erkak va ayollar turmush qurmagan bemorlarga nisbatan tezroq mudhish kasallikni engib ketadi. 

Turmush qurmagan bemorlarda kasallik oqibatida vafot etish darajasi 24% bo`lsa, oilali bemorlarda bu ko`rsatkich nisbatan past ya`ni 17% foizni tashkil etgan.

Boshqa yangiliklar