Avval xabar berganimizdek , joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent metropolitening «Olmazor» bekatida voyaga etmagan shaxsga nisbatan behayo harakatlar sodir etib, qidirilayotgan shaxs qo`lga olingan bo`lib, u ilgari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o`g`irlik) hamda 127 (voyaga etmagan shaxsni g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1989 y.t., fuqaro K.Sh. ekanligi aniqlandi.
Hozirda, IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti tomonidan mazkur shaxsning harakatlarida voyaga etmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu fotosuratda ko`rsatilgan shaxsning harakatlaridan jabrlangan bo`lsangiz, darhol 102 raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar organiga xabar berishingiz so`raladi.






