AsosiyJamiyat

O`zbekistonda eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun 4 mingta zamonaviy eshitish moslamasi xarid qilinadi

'O`zbekistonda eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun 4 mingta zamonaviy eshitish moslamasi xarid qilinadi'ning rasmi

AOKAda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorning birinchi o`rinbosari Bahodir Karimov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.  

Unda "Nogironlarga ko`rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan ma`lumot berildi.

Jumladan, qarorga muvofiq, joriy yil oxiriga qadar "Zamin” xalqaro jamoat jamg`armasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 4 mingta zamonaviy eshitish moslamasi xarid qilinadi va  ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga etkaziladi. Bundan tashqari: 

  • Nogironligi bo`lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari 2021-2023 yillarda 54 ta,  2021 yilning o`zida 14 ta zamonaviy ekzoskelet uskunasi bilan taminlanadi;
  • nogironligi bo`lgan shaxslar zamonaviy elektr yuritmali kreslo-aravachalar bilan ta`minlanadi;
  • ko`zi ojiz bolalar va kattalarni kerakli jihozlar, jumladan, ovozli termometr, ovozli tonometr va Brayl alifbolari bilan ta`minlanadi;
  • 2022 yil 1 mayga qadar "Ijtimoiy xizmat" elektron platformasi ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi;
  • 2021 yilda 5000 tagacha va 2022-2023 yillarda 12 000 tagacha soat ("Aqlli soat") davlat byudjeti hisobidan tegishli toifadagi shaxslarga etkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar