AsosiyJamiyat

Respublikada 8 oyda 38 333,4 mlrd. so`mlik moliyaviy xizmatlar ko`rsatilgan

'Respublikada 8 oyda 38 333,4 mlrd. so`mlik moliyaviy xizmatlar ko`rsatilgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida respublikada 174 812,2 mlrd. so`mlik bozor xizmatlari ko`rsatilgan.

 Bozor xizmatlarining nominal hajmi 40 858,4 mlrd. so`mga oshgan. O`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish sur`ati 120,3 %ni tashkil etgan.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlar hajmi:

▪️aloqa va axborotlashtirish – 10 395,6 mlrd;

▪️moliyaviy – 38 333,4 mlrd;

▪️transport – 42 087,9 mlrd;

▪️shu jumladan: avtotransport – 22 109,6 mlrd;

▪️yashash va ovqatlanish – 4 684,0 mlrd;

▪️savdo – 44 251,0 mlrd;

▪️ko`chmas mulk bilan bog`liq – 5 062,3 mlrd;

▪️ta`lim sohasi – 6 868,2 mlrd;

▪️sog`liqni saqlash sohasi – 3 052,8 mlrd;

▪️ijara – 3 525,4 mlrd;

▪️kompyuter va maishiy tovarlarni ta`mirlash – 2 920,5 mlrd;

▪️shaxsiy – 4 365,7 mlrd;

▪️me`morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 3 670,2 mlrd;

▪️boshqalar – 5 595,2 mlrd so`mlik bozor xizmatlari ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar