AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo sezilarli darajada salqinlashi kutilmoqda

'Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo sezilarli darajada salqinlashi kutilmoqda'ning rasmi

Dam olish kunlaridan so`ng havo sezilarli darajada salqinlashi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston gidrometerologiya xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun va ertaga O`zbekistonda quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Termometr ustuni kunduz kunlari 32-34° gacha ko`tariladi, ma`lumotga ko`ra, bu ushbu kunlar me`yoridan 4-6° yuqori hisoblanadi.

Yakshanba kuni esa respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17° ni, kunduz kuni 35-37° ni tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12° gacha, kunduz kuni 20-25° gacha pasayadi.

Dushanba kuni salqin havo O`zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo`yicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati 23-27°, kechasi 12-15° atrofida bo`ladi.

26-27 sentyabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko`payadi va ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar