AsosiyJamiyat

Prezident Samarqanddagi eng og`riqli muammolarni birma-bir sanadi

'Prezident Samarqanddagi eng og`riqli muammolarni birma-bir sanadi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev samarqandliklar bilan uchrashuvda  hududdagi mavjud muammolarni sanadi.

Ular:

– 170 mingdan ziyod aholi doimiy ish o`rniga muhtoj, 65 mingga yaqin oila doimiy daromad manbaiga ega emas.

– Kelgusi besh yilda 200 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishini ham, hisobga olish zarur.

– Samarqand mamlakatdagi aholisi eng ko`p hudud bo`lib, kelgusi besh yilda 4,5 millionga etadi. Ularga qulay yashash sharoitlarni ta`minlash lozim.

–  Viloyatning 1,6 million nafar aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlanmagan, 6 ming kilometr ichki yo`llar ta`mirtalab holatda.  

– Elektr tarmoqlari eskirgani bois, viloyatda elektr ta`minoti aholi uchun ham, tadbirkorlar uchun ham eng jiddiy masalalardan biri bo`lib qolmoqda.

– Tuman va shaharlarda sanoat bir maromda o`sayotgani yo`q.  

Ayniqsa, xom-ashyoga boy Qo`shrabot, Nurobod va Oqdaryo tumanlarida sanoat rivojlanishi ancha orqada.  

– Viloyatda qishloq xo`jaligi imkoniyatlaridan to`liq foydalanilmayapti. Bulung`ur, Jomboy, Samarqand va Urgutning meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Nurobod, Qo`shrabot tumanlarining chorvachilikdagi imkoniyatlari to`liq ishga solinmayapti.

– Ayrim hududlarida sog`liqni saqlash va ta`lim tizimi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.  

– Sog`liqni saqlash ob`ektlari quvvatini oshirish va ularni zamonaviy jihozlash talab etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar