AsosiyJamiyat

"O`zmetkombinat"ga qarashli koroxonada sodir bo`lgan katta yong`inda ishchilar jarohatlandimi? Vazirlik izoh berdi

'"O`zmetkombinat"ga qarashli koroxonada sodir bo`lgan katta yong`inda ishchilar jarohatlandimi? Vazirlik izoh berdi'ning rasmi

 Kecha, 23 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda  "Ish payti ro`y bergan baxsiz hodisa yashirilmoqdami?” sarlavhali video xabar tarqatildi. 

Ushbu videoda 13 sentyabr kuni "O`zmetkombinat" AJga qarashli, Ohangaron shahridagi “LiDa metall” korxonasi metall eritish pechida kuchli yong`in sodir bo`lganligi va natijada bir necha xodim jarohat olganligi to`g`risida xabar berilgan.  

Xabarda rahbariyat ishlab chiqarish vaqtida sodir bo`lgan baxtsiz hodisani yashirib, tegishli hisobotga kiritmagan va ro`yxatga olmagan, jarohatlangan xodimlar esa ma`muriyat tazyiqi bilan shifoxonaga olib borilmay uyida davolanmoqda, degan ma`lumot berilgan.  

Ayni paytda holat bo`yicha Mehnat vazirligi Axborot xizmati ma`lumot berddt. 

"O`zmetkombinat" AJ matbuot xizmatiga asoslanib, vazirlikning yozishicha, videoda tasvirlangan holat texnologik jarayonga kiradi va mazkur hodisada tan jarohati olgan deb aytilgan Haydarov Nuriddin va boshqa ishchilar aslida hech qanday tan jarohati olmagan.

Hozirda baxtsiz  hodisaning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar