Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi.
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi birinchi o`qishda ko`rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bo`yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali “haydovchilarni tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirish taklif etilmoqda” yoki “uchar” haydovchilarga jarima kamaytiriladi” kabi turli xil fikr va mulohazalar bildirilmoqda.
Adliya vaziri R. Davletov mazkur Qonun loyihasini ko`rib chiqish jarayonida, ijtimoiy tarmoqlar va axborot saytlarida keng tarqalgan tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirish bo`yicha taklif mazkur Qonun loyihasida mavjud emasligini qayd etdi.






