AsosiyJamiyat

Kelgusi ikki yilda Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyalari va kichik GESlar ishga tushiriladi

'Kelgusi ikki yilda Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyalari va kichik GESlar ishga tushiriladi'ning rasmi

So`nggi 5 yilda elektr energiya iste`moli bir yarim barobarga oshgani bois, uning ta`minotini yaxshilash bo`yicha alohida dastur qabul qilinadi. Hozirgi kunda Samarqand viloyatdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari talabning atigi 2 foizini qoplaydi. Bu haqda Samarqand viloyatida Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishdan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.  

Yuqoridagi holatni hisobga olib, kelgusi ikki yilda Nurobod, Kattaqo`rg`on va Toyloq tumanlarida jami quvvati 400 Mega-Vattli quyosh elektr stansiyalari va kichik GESlar ishga tushiriladi. Natijada, 600 ming nafar aholi va 2,5 mingdan ziyod korxonalarni ta`minlash uchun etarli bo`lgan qo`shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 6 ming kilometr tarmoqlar, 500 kilo-Voltli nimstansiya, 2 mingta transformator va 61 mingta eski simyog`ochlar to`liq yangilanadi.

Boshqa yangiliklar