AsosiyJamiyat

Akmal Burxanov: O`zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi ko`rsatkichlari oshib bormoqda.

'Akmal Burxanov: O`zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi ko`rsatkichlari oshib bormoqda.'ning rasmi

Joriy yilning 23 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanovning “O`zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar etkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil etish to`g`risida”gi axboroti eshitildi.

Eshituvda Agentlik tomonidan 2020 yil va 2021 yilning birinchi yarmida ochiq sud jarayonlarida ko`rib chiqilgan 55 ta jinoyat ishi o`rganilganligi qayd etilib, ushbu jinoyat ishlarining 15 tasi firibgarlik, 18 tasi o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilish, 2 tasi poraxo`rlik, 20 tasi boshqaruv tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlar ekanligi ta`kidlandi. 

"Islohotlar natijasida, O`zbekistonning xalqaro reyting
va indekslardagi ko`rsatkichlari oshib bormoqda.

Jumladan, 2021 yil yanvar oyida e`lon qilingan “Transparency International” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 2020 yil bo`yicha “Korrupsiyani qabul qilish indeksi” reytingida O`zbekiston 180 ta davlat orasida 146 o`rinni egallab 7 pog`onaga ko`tarildi,
2019 yilda O`zbekiston 153 o`rinni egallagan bo`lsa, 2018 yilda bu ko`rsatkich 158-o`rinni tashkil etgan. O`zbekiston ikki yil ichida 12 pog`ona ko`tarilib, Markaziy Osiyo mintaqasida korrupsiyaga qarshi kurashishda eng barqaror ko`rsatkichni namoyish etmoqda",– dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov. 

Boshqa yangiliklar