AsosiyJamiyat

Nukusda 4 ta uyda yong`in sodir bo`ldi

'Nukusda 4 ta uyda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 24 sentyabr kuni Qoraqolpog`istonning Nukus shahrida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.  

Qayd etilishicha, soat 15:45 da Nukus shahrining Qumovul mahallasi Cheginbaev ko`chasida joylashgan xonadonlarda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 7 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:47 da etib borib, yong`inni 17:05 da to`liq bartaraf etgan. 
  
Yong`in oqibatida bir biriga tutash qurilgan 4 ta uyning tahminan 357 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.  
  
Xabarga ko`ra, hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar